Nemis tili va moslashuv bo'yicha tayyorlov markazi

Salohiyatingizni kashf eting

Nemis tili va moslashtiruvchi malaka oshirish markazi sog’liqni saqlash va parvarish sohasida faoliyat yurituvchimutaxassislarni nemis standartlariga muvofiq til, kasbiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga ixtisoslashgan markaziymuassasadir.

Markazda til imtihonlari bilan birga nemis tili kurslari hamda kasbiy moslashtiruvchi malaka oshirish dasturlari tashkiletilgan. Dasturning asosiy maqsadi bitiruvchilarni sog’liqni saqlash tizimida nemis sifat va ta’lim standartlari asosidafaoliyat yuritishga maqsadli tayyorlashdan iborat.

Ta’lim jarayoni nemis mutaxassislari rahbarligida tajribali pedagoglar tomonidan olib boriladi. Markaz GIZ, DAAD hamdaToshkentdagi Gyote-Instituti bilan hamkorlik qiladi.

Kasbiy e'tirof

Xulosa

O’zbekistonning boshqa ta’lim muassasalarida tayyorgarlikdan o’tgan parvarish mutaxassislari ushbu markazda nemisstandartlariga moslashtirilgan malaka oshirish kurslarini o’tashlari mumkin. Ushbu dastur 2024-yil oktyabr oyidaboshlangan to’qqiz oylik til va moslashuv kursini o’z ichiga oladi. Kurs davomida parvarish sohasiga oid nemis tili hamdaumumiy (generalistik) parvarish tayyorlov dasturining kompetensiya yo’nalishlari o’rgatiladi. Malaka oshirish yakunidabilimlarni baholash imtihoni o’tkaziladi.

Dasturning asosiy maqsadi bitiruvchilarga Germaniyada parvarish bo’yicha mutaxassis sifatida kasbiy tan olinishi vamehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratishdir.